Hurmatli bemor,bemor yaqinlari va kuzatuvchi shaxslar diqqatiga!
Siz klikinikamizga MRT xizmatidan foydalanish uchun kelganingizda ro'yxatdan o'tish oynasiga MRT tekshiruvidan avval Sizning tanangizdagi metall predmetlar bor yoki yo'qligi to'g'risida maʼlumotga ega bo'lishimiz zarur. Ulardan baʼzilari bemor sog'lig'iga taxdid solishi va tibbiy xodimga tekshiruvda xalal berishi mumkin. Ushbu anketani diqqat bilan o'qib chiqishingizni so'raymiz
Quyidagi obeʼktlar Sizning tanangizda mavjudmi?
-Yurak stimulyatori |
-Miya qon tomirlari yoki boshqa tomirlar klipsasi |
-Quloq implantant yoki eshitish apparati |
-Sunʼiy ko'z yoki orbita implantanti |
-Аsab yoki suyak uchun elektrstimulyatori |
-Xar qanday magnit stimulyator |
-O'q parchasi, o'q, tatuirovka |
-Qon tomir uchun implant, qava-filtr, spiral embola, inʼektorlar |
-Sunʼiy ortopedik protez va boshqa qo'shimcha qurilmalar |
-Yurak uchun sunʼiy klapani, shuntlar, stentlar |
-Stomatologik protezlar, ko'priklar |
-Аyni vaqtda xomiladorlik bormi(ayollar uchun savol) |
-Bachadon spirali(ayollar uchun savol) |
O'zingiz bilan quyidagilarni olmang: xar qanday elektron kurilmalar, telefon, moshina pulti, soat, bank kartalari, magnit sayoxat chiptalari, yechiladigan protez, soch uchun zakolkalar, metal kalit va tangalar, zargarlik buyumlari, belbog(remen), kuzoynak va xarqanday metall obʼektlar!